Azim Mullahonov Shaytanat Lyrics

Hayot gulzor deya kezdim tikonlari chiqdi yo'ldan.
Na-da tikonlari, turfa ilonlari chiqdi yo'ldan

Tilindi qalb, shilindi til, baloi nafs bo'ldi g'olib,
Qimorga boy berildi or, dushmonlari chiqdi yo'ldan.

Ko'ngil berdim yora nogoh, axtarib men tasannolar,
Zaharxanda qildi ag'yor, yomonlari chiqdi yo'ldan.

Zamon haqqa tegish deydi, necha fursat qildim sabr,
Chekdirib oh, necha sohib zamonlari chiqdi yo'ldan.

Umr qismat dedim, balki peshonamga yozilgali
Xudo urgan shaytanatning shaytonlari chiqdi yo'ldan.

See also:

81
81.9
Glasvegas Flowers & Football Tops Lyrics
อัสนี - วสัน อยากให้อยู่ด้วยไหม? Lyrics