Севара Назархан Кургим Келар (Akustic Mix) Lyrics

Umr oqmas bir tekisda tek,
Kimlarnidir hasrat yengadir.
Men toparman irodani lek,
Ko'rgim kelar sizni negadir.

Hayot ko'hna, dono muallim,
Sadoqatli do'st bo'lar o'lim.
Garchi sizdan ayrodir yo'lim,
Ko'rgim kelar sizni nagadir.

Tun kutaman oydin, yulduzlik,
Kun kutaman nurafshon izlik.
Dilimni ezdi yolg'izlik,
Ko'rgim kelar sizni negadir.

Goh sevgidan toshgan daryosiz,
Goh mehrga tashna sahrosiz.
Men bilaman siz ham tanhosiz,
Ko'rgim kelar sizni negadir.

Muhabatda mazmun erur erk,
Bir armonga har kim egadir.
Sizsiz menga barcha yo'llar berk,
Ko'rgim kelar sizni negadir.

Tun kutaman oydin, yulduzlik,
Kun kutaman nurafshon izlik.
Dilimni ezdi yolg'izlik,
Ko'rgim kelar sizni negadir. [x2]

See also:

93
93.125
Kyosko Ciegos de amor Lyrics
Tierra Santa 07-La momia Lyrics